Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 13.11.2026. Bu hujjat Marginuz.uz sayti (bundan buyon — «Xizmat») foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini qanday yig'ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Saytdan foydalanib yoki ro'yxatdan o'tib, siz shu siyosat bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz.

1. Kim ma'lumotlarni qayta ishlaydi

Ma'lumotlarni Marginuz.uz xizmatining egasi (jismoniy shaxs, bundan buyon — «Xizmat egasi») qayta ishlaydi. Murojaat uchun: saytdagi «Yozing» tugmasi yoki Telegram'dagi @marginuz_bot.

Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta ishlanadi.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Ro'yxatdan o'tishda: ismingiz, telefon raqamingiz, do'kon nomi (ixtiyoriy) va parol. Parol ochiq holda saqlanmaydi — faqat qaytarib bo'lmaydigan himoyalangan xesh (PBKDF2) ko'rinishida. Agar loginni sizga Xizmat egasi yaratib bergan bo'lsa, parolni tiklab berish uchun uning shifrlangan nusxasi ham saqlanadi; o'zingiz ro'yxatdan o'tsangiz, parolingizni hech kim, jumladan Xizmat egasi ham ko'ra olmaydi.

Hisobot uchun: savdo faylingiz (Excel va boshqalar) sizning brauzeringizda o'qiladi — asl fayl serverga yuborilmaydi. Serverga faqat tayyor tahlil natijasi (tovar nomlari, summalar, ko'rsatkichlar) saqlanadi va u faqat sizning loginingiz bilan ochiladi.

Ariza va chat orqali: o'zingiz yozgan ism, telefon, do'kon nomi, xabarlar va yuborgan fayllaringiz.

Telegram: agar hisobingizni Telegram botga bog'lasangiz yoki botga yozsangiz — Telegram chat raqami, ism va foydalanuvchi nomi (username).

Foydalanish statistikasi: ochilgan sahifa, vaqt, mamlakat va shahar, qurilma turi, brauzer, operatsion tizim va qaysi saytdan o'tib kelganingiz. IP manzil saqlanmaydi — uning o'rniga undan qaytarib bo'lmaydigan anonim belgi hisoblanadi.

Brauzeringizda: kirish uchun sessiya cookie fayli (12 soat), chat uchun cookie (taxminan 13 oy) hamda til, mavzu (yorug'/qorong'i), profil va kalkulyatorga kiritilgan qiymatlar uchun brauzer xotirasi (localStorage). Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.

3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

Hisobingizni yaratish, saytga kirishingizni ta'minlash va tarifingizni (sinov muddatini) yuritish.

Siz yuklagan savdo ma'lumotidan hisobot tayyorlash va uni keyingi kirishlarda ko'rsatish.

Arizangiz, savolingiz yoki muammongiz bo'yicha siz bilan bog'lanish; sinov muddati tugashi haqida eslatma yuborish.

Saytni yaxshilash, xatolarni topish va suiiste'mollikdan (parolni terib topish, spam) himoya qilish.

Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va boshqa shaxslarga berilmaydi.

4. Kim ma'lumotlarni ko'radi

Hisobot ma'lumotingizni faqat siz ko'rasiz. Xizmat egasi foydalanuvchilar ro'yxatini (ism, telefon, tarif, oxirgi kirish), arizalar, chat xabarlari va umumiy statistikani ko'radi — bu yordam ko'rsatish va xizmatni yuritish uchun zarur.

Xizmat ishlashi uchun quyidagi texnik provayderlardan foydalaniladi: Cloudflare, Inc. — sayt, server va ma'lumotlar bazasi; Telegram — faqat bot orqali yozishsangiz yoki hisobingizni bog'lasangiz; cdnjs va jsDelivr — Excel faylini o'qish va rasmdagi matnni tanish kutubxonalarini yuklash (bunda brauzeringiz ular serveriga murojaat qiladi).

Qonunda belgilangan hollarda ma'lumotlar vakolatli davlat organlarining rasmiy so'roviga ko'ra taqdim etilishi mumkin.

5. Qayerda va qancha saqlanadi

Ma'lumotlar Cloudflare, Inc. kompaniyasining bulutli serverlarida, O'zbekiston hududidan tashqarida saqlanadi. Ro'yxatdan o'tish orqali siz bunga rozilik bildirasiz.

Hisobot ma'lumoti — o'zingiz o'chirmaguningizcha. Agar 90 kun davomida hisobingizga kirmasangiz, u avtomatik o'chiriladi.

Foydalanish statistikasi — 180 kun, keyin avtomatik o'chiriladi.

Hisob ma'lumotlari, arizalar va chat — hisob faol bo'lgan davrda yoki siz o'chirishni so'ragunga qadar.

Hisobotdagi «Ma'lumotni o'chirish» tugmasi ma'lumotni darhol o'chiradi. Shundan keyin u Cloudflare'ning avtomatik tiklash tarixida yana 30 kungacha qolishi mumkin va shu muddatdan keyin butunlay yo'qoladi.

6. Ma'lumotlar qanday himoyalanadi

Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS). Parollar sekin xesh (PBKDF2) bilan saqlanadi. Parolni terib topishga urinishlar cheklanadi. Kirish cookie'si skriptlardan yashirilgan (HttpOnly). Parol o'zgarganda barcha eski kirishlar bekor bo'ladi.

Hech bir tizim 100% xavfsiz emas. Ma'lumotlaringizga ruxsatsiz kirish aniqlansa, sizni imkon qadar tezroq xabardor qilamiz.

7. Sizning huquqlaringiz

Siz o'zingiz haqingizda qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish, uni tuzatish, o'chirishni talab qilish va ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz.

Hisobot ma'lumotini o'zingiz hisobotdagi «Ma'lumotni o'chirish» tugmasi orqali o'chira olasiz. Hisobni butunlay o'chirish yoki boshqa so'rov uchun «Yozing» tugmasi yoki @marginuz_bot orqali murojaat qiling. So'rovingizga 10 kun ichida javob beramiz.

Rozilikni qaytarib olsangiz yoki hisobni o'chirsangiz, Xizmatning login talab qiladigan qismidan foydalana olmaysiz. Kalkulyatorlar esa ochiq qoladi.

8. Siyosatdagi o'zgarishlar

Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi, sanasi sahifa boshida ko'rsatiladi. Muhim o'zgarishlar haqida saytda yoki Telegram orqali xabar beramiz.